O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi delegatsiya Turkiy davlatlar tashkiloti ishtirokchi davlatlari ichki ishlar vazirlarining birinchi yig‘ilishida qatnashish uchun Qirg‘iz Respublikasining Cho‘lpon-Ota shahriga tashrif buyurdi.
Tadbir jarayonida Turkiy davlatlar tashkiloti ishtirokchi davlatlari ichki ishlar vazirlarini Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov qabul qildi.
Uchrashuvda turkiy davlatlar hududida jinoyatchilikka, shu jumladan, terrorizm, ekstremizm, odam savdosi, kiberjinoyatlar, narkotik moddalarning noqonuniy muomalasi hamda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi hamda kelgusidagi hamkorlikning istiqbollari belgilab olindi.
N.Abduraimova, O‘zA