Yoshlar ishlari agentligida agentlik direktori Alisher Sa’dullayev va BMTning O‘zbekistondagi vakili Sabine Mahl bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosati, ta’lim va kasb-hunarga o‘rgatish tizimlari, ekologiya, volontyorlik, va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish kabi sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar xususan, «Ibrat farzandlari», «Mutolaa», «Ustoz AI», «Vikistipeniya», «1000KITB», «UzChess» loyihalari bilan tanishtirildi.
BMT tomonidan O‘zbekiston «Yoshlar strategiyasi – 2030»ni namunaviy tarzda amalga oshirayotgan 10 ta mamlakatdan biri sifatida e’tirof etilgani bu yo‘nalishdagi muvaffaqiyatlarimizni yana bir bor tasdiqladi.
Uchrashuv yakunida yoshlar siyosati sohasida yaqindan hamkorlik qilish va yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA