“Interfax” xabariga ko‘ra, 28 avgust kuni ertalab osmonda olti sayyora – Merkuriy, Mars, Yupiter, Uran, Neptun, Saturn va Oy saf tortadi. Koinotdagi bu ulkan jismlar Quyoshning bir tomonida taxminan 160 gradus sektorda joylashadi.
Birinchi bo‘lib Saturn va Neptun soat 21:00 dan keyin ko‘tariladi. Tun yarmidan og‘ishi bilan ufq ortida Uran, Yupiter, Mars va Yerning tabiiy yo‘ldoshi paydo bo‘ladi.
Toza havo sharoitida teleskop yoki kuchli durbin yordamida Neptun va Urandan tashqari barcha olti sayyorani ko‘z bilan kuzatish mumkin. Faqat bir soatdan kamroq ko‘rinish beradigan, ufqda juda past joylashib, quyoshning yorqin nuri ortida tezda ko‘zdan yo‘qoladigan Merkuriyni ilg‘ash juda qiyin kechadi.
Mutaxassislar taxminicha, 2025 yil 28 fevral kechqurunga to‘g‘ri keladigan sayyoralarning keyingi paradida Saturn, Merkuriy, Neptun, Venera, Uran to‘planadi. Biroz sharqda Yupiter va Mars turadi. Bu Saturn, Merkuriy va Neptundan tashqari yetti sayyora Quyoshning bir tomonida joylashadigan, samoda bir vaqtning o‘zida ko‘rinadigan eng yaqin sana.