Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Yangi qurilish loyihalarida tadbirkorlar elektr va gaz ta’minotiga ulanishi uchun texnik shartlar olish tizimini raqamlashtirish vazifasi qo‘yildi.

Bunda tarmoqqa ulanish nuqtasini inson omilisiz avtomatlashgan tarzda tanlash tizimi joriy qilinadi.

Bu yilgi Investitsiya dasturida 1 ming 896 ta loyihaga 20,5 trillion so‘m ajratildi.

Lekin, yilning yarmi o‘tgan bo‘lsa-da, 824 milliard so‘mlik 88 ta loyihada qurilish ishlari boshlanmagani ko‘rsatib o‘tildi va mutasaddilarga oqsoqlikni bartaraf etish yuzasidan  topshiriq berildi.

Ayniqsa, 147 ta shifoxonani tibbiy jihozlar bilan ta’minlash, 80 ta poliklinika va 67 ta shifoxonada, 618 ta maktab va 176 ta bog‘chada qurilish ishlarini belgilangan muddatda yakuniga yetkazish shartligi haqida mas’ullar qat’iy ogohlantirildi.

O‘zA