Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablariga necha nafar o‘quvchi qabul qilinadi?
403
2024/2025-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarining 7-sinfiga o‘quvchilar qabul qilinadi.
Mazkur maktablarga qabul kvotasi doirasida:
- Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga 40 nafar;
- Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga 60 nafar;
- Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga 60 nafar;
- Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga 60 nafar;
- Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga 40 nafar;
- Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga 40 nafar;
- Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga 60 nafar;
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabiga 40 nafar;
- Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga 60 nafar oʻquvchi qabul qilinadi.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA