Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablariga necha nafar o‘quvchi qabul qilinadi? 

403

2024/2025-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarining 7-sinfiga o‘quvchilar qabul qilinadi.

Mazkur maktablarga qabul kvotasi doirasida:

  • Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga 40 nafar;
  • Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga 60 nafar;
  • Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga 60 nafar;
  • Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga 60 nafar;
  • Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga 40 nafar;
  • Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga 40 nafar;
  • Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga 60 nafar;
  • Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabiga 40 nafar;
  • Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga 60 nafar oʻquvchi qabul qilinadi.

Muhayyo Toshqorayeva, 

O‘zA