Sog‘liqni saqlash vazirligi Salomatlik va strategik rivojlanish instituti bilan birgalikda 2024 – 2026 yillarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanishni tizimli targ‘ib qilish va ommalashtirish dasturini ishlab chiqadi.
Bu “Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida belgilandi.
Hujjat ijrosi ta’minlanishi natijasida uyali telefon foydalanuvchilariga kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzi asoslari bo‘yicha har kuni qisqa xabar (SMS)lar yuboriladi.
Har yili “Sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha yilning eng yaxshi targ‘ibotchisi” tanlovi o‘tkaziladi.
Bozorlar, samolyot, poyezd, avtobus, metro, supermarketlar va fuqarolar ommaviy yig‘iladigan boshqa joylarda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha roliklar namoyish qilinadi.
Radiomaslahatlar taqdim qilinadi va bukletlar tarqatiladi.
O‘zA