Marosimni Osiyo Futbol Konfederatsiyasi musobaqalar o‘tkazish departamenti rahbari, o‘zbekistonlik Avaz Berdiqulov olib boradi.

Kuni kecha saralash bosqichining so‘nggi o‘yinlari yakunlandi. Va biz o‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun juda omadli keldi. Bu yilgi musobaqalarda to‘rt jamoamiz bosh sovrin uchun kurashadigan bo‘ldi.

“Paxtakor” yurtimiz chempioni sifatida guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. Qarshining “Nasaf” jamoasi kubok egasi sifatida. Super liganing o‘tgan yilgi kumush medal sohibi “Navbahor”, hamda sovrindor OKMKlar musobaqaning saralash o‘yinlari orqali guruh bosqichiga yo‘llanma olishdi.

Ertangi qur’a tashlash marosimida O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi direktori Diyor Imomho‘jayev va o‘rinbosari Zohir Akramxonovlar ham kuzatuvchilar sifatida ishtirok etishadi.

Marosim OFKning Kuala-Lumpur shahrida joylashgan bosh qarorgohida bo‘lib o‘tadi.

O‘zA