XXR tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin Xitoy Raisi Si Szinpinning 20-22 mart kunlariga mo‘ljallangan safarini “tinchlik tashrifi”, deb atadi.

“Sinxua” agentligi degan “Pekin Ukrainadagi inqirozni hal qilishda konstruktiv rol o‘ynash niyatida” so‘zidan iqtibos keltiradi. Xitoy diplomatining aniqlik kiritishicha, Pekin va Moskva hech qanday uchinchi tomonga qaratilmagan hamkorlikni mustahkamlash niyatida. Uning eslatishicha, Xitoy va Rossiya ittifoq tuzishga intilmayapti va boshqa davlatlar bilan qarma-qarshilikning kuchayishini istamaydi.

Venbin, shuningdek, Xitoy va Rossiya “xalqaro munosabatlarni demokratlashtirishga ko‘maklashayotganini” va “global boshqaruv tizimini takomillashtirish orqali global taraqqiyotga hissa qo‘shishini” ta’kidladi. Bo‘lajak tashrif chog‘ida ikki davlat yetakchilari “muhim global va mintaqaviy” masalalarni batafsil muhokama qilishadi.

Xitoylik diplomat xalqaro maydonda beqarorlik kuchayib borayotgan bir sharoitda Moskva va Pekin munosabatlari “ikki tomonlama formatdan ancha uzoqda katta ahamiyatga va ta’sirga ega” ekanini ta’kidladi.

 

O‘zA