Surxonni rivojlantirish Yangi O‘zbekistonning janubiy tayanch ustunini mustahkamlash demakdir – Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish boshlandi.
–Surxondaryo nafaqat tabiati go‘zal zamin, balki ruhi baquvvat, g‘ayrati baland, oriyati mustahkam insonlar yurtidir. Surxonni rivojlantirish Yangi O‘zbekistonning janubiy tayanch ustunini mustahkamlash demakdir, – dedi davlatimiz rahbari.
O‘tgan davrda hududda 5 milliard dollarlik 8 mingdan ortiq loyiha ishga tushdi. Xitoy, AQSH, Rossiya, Hindiston, Avstriya, Vengriya kabi davlatlar bilan investitsiya va savdo bo‘yicha yana 10 milliard dollarlik kelishuvlarga erishildi.
So‘nggi to‘qqiz yilda bog‘cha qamrovi 28 foizdan 68 foizga oshdi, 23 ta yangi maktab qurildi, yana 448 tasi ta’mirlandi. Qo‘shimcha 102 ming o‘quvchi o‘rni yaratildi.
Bu davrda qurilgan 688 ta ko‘p qavatli uyga 32 ming oila ko‘chib o‘tdi. Angor, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo va Termiz tumanlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlari tashkil qilindi.
“To‘palang ombori suvidan foydalanish” loyihasi hisobiga Termiz shahri va 10 ta tumandagi 563 ming aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.
O‘zA