E’zozxon Karimova: endi har bir maktab direktori o‘z bitiruvchisi bandligi haqida o‘ylaydi (+video)

8

Prezident tashrifi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo vidoyatiga tashrifi chog‘ida Jarqo‘rg‘on tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari 66-maktabda yaratilgan sharoitlar, xususan, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

Bugun 500 dan ziyod o‘quvchi ta’lim olayotgan dargohda nogironligi bor bolalarni zamonaviy standartlar asosida o‘qitish uchun alohida yondashuvlar joriy etilgan, 50 ga yaqin maxsus mutaxassis va pedagog faoliyat yuritmoqda.

Tashrifdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon KARIMOVA O‘zA muxbiriga intervyu berib, voqeani sharhladi:

– Hurmatli Prezidentimiz maktab direktori va jamoasining oldiga muhim topshiriq qo‘ydilar, – dedi vazir. – Soha vakillariga ishonch bildirildi, “Uchinchi Renessans” kelajagini quradigan yoshlarni aynan ustozlar tarbiyalab, bilim berishi alohida ta’kidlandi. Endi har bir maktab direktori o‘z bitiruvchisi bandligi haqida o‘ylaydi.

Videointervyuni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz orqali tomosha qiling.

Behruz XUDOYBERDIEV, Ulug‘bek TO‘XTAEV (video), O‘zA