O‘zbekiston – AQSH: iqtisodiy diplomatiya va innovatsion taraqqiyot (+video)

20

Ayni paytda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan “Tinchlik kengashi”ning dastlabki sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Vashington shahrida bo‘lib turibdi.

Ta’kidlanishicha, tashrif doirasida Tinchlik kengashining dastlabki yig‘ilishida ishtirok etish, shuningdek, AQSHning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bilan strategik loyihalar taqdimoti hamda iqtisodiy sohada ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimlari rejalashtirilgan.

Ekspertlar fikricha, ushbu tashrif nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, sanoat kooperatsiyasi, yuqori texnologiyalar, energetika, infratuzilma, moliyaviy xizmatlar va “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishlarida yangi sheriklik imkoniyatlari ochilishi kutilmoqda.

O‘zA muxbiri O‘zbekiston – AQSH o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning istiqbollari, investitsiya muhiti, texnologiya transferi va xalqaro moliyaviy institutlar bilan ishlash mexanizmlari xususida O‘zbekiston Iqtisodiyot assambleyasi raisi Muxtor Umarov bilan suhbat uyushtirdi.

Ushbu suhbatni O‘zAning “You Tube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.

Musulmon Ziyo,

Doniyor Yoqubov (video), O‘zA