O‘zbekiston Prezidenti Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

22

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Islomobod shahrida ajratilgan qarorgohda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Ishoq Dor kutib oldi.

Shu yerda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ishoq Dor davlatimiz rahbariga o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlar kun tartibi haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston Prezidenti vazirning ushbu davlat tashrifini tashkil etishga qo‘shgan ulkan hissasini alohida qayd etdi.

Tashrif doirasida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralar va Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi O‘zbekiston – Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini yangi amaliy mazmun bilan boyitishiga ishonch bildirildi.