Ichki ishlar vazirligida kiberjinoyatchilik bo‘yicha alohida departament tashkil qilinadi
16
Kiberjinoyatlar kundan-kunga ko‘payib, uning turlari 18 tadan 62 taga chiqdi.Ayniqsa, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, sun’iy intellekt orqali ovoz va yuz qiyofasini o‘xshatish, zararli fayllarni tarqatish avj olyapti.
O‘zlashtirilgan mablag‘lar kriptovalyuta shaklida chetga chiqarilmoqda.
Bularni tezkor fosh etish va to‘xtatish uchun huquq-tartibot xodimlari kibertexnologiyalar va sun’iy intellektni mukammal egallashi lozimligi qayd etildi.
Shu bois, Ichki ishlar vazirligida kiberjinoyatchilik bo‘yicha alohida departament tashkil qilinadi va unga vazirning o‘zi mas’ul bo‘ladi.
Adliya vazirligida kiberjinoyatchilik va raqamli huquq bo‘yicha alohida boshqarma ochiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
O‘zA