Ilgari faqat “ko‘cha” deb ko‘rilgan uyushgan jinoyatchilik bugun “biznes niqobi” ostida daromadli sohalarga kirib borayotgani aytildi

15

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Chet elga borib olib, uyushgan jinoiy guruhlar tashkil qilgan, u yerda o‘zimizni fuqarolarni ham talayotgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yishdagi sustkashliklar tanqid qilindi.

Bundan tashqari, ilgari faqat “ko‘cha” deb ko‘rilgan uyushgan jinoyatchilik bugun “biznes niqobi” ostida daromadli sohalarga kirib boryapti. Ayniqsa, jinoiy to‘dalar faoliyati ko‘p qavatli uylar va avtomashinalar oldi-sotdisi, moliyaviy piramidalar tashkil qilish, “Haj” va “Umra” ziyoratiga yuborishda ancha ko‘paygan.

Shaharda xonadon sotish masalasida 3 mingdan ziyod fuqaroga 1,3 trillion so‘m zarar yetkazilgan.

Mas’ullar aholining firibgarlar qopqoniga tushib qolmasligi uchun huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha ishlamayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zA