Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniy Janobi Oliylarini “O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasining shon-sharaf ordeni” bilan taqdirlash to‘g‘risida

16

O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi qarori

O‘zbekistonda Olimpiya harakatini rivojlantirish hamda oliy sport yutuqlarini qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib etishga qo‘shgan katta hissasi, yuksak fidoyilik va tashabbuskorlik fazilatlari, ko‘p yillik samarali faoliyati, Osiyo Olimpiya oilasida mamlakatimiz nufuzini oshirish, sport sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun
Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti Shayx Jav’an bin Hamad
Ol Soniy Janobi Oliylari “O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasining shon-sharaf ordeni” bilan taqdirlansin.

O‘zbekiston Respublikasi 
Milliy Olimpiya 
qo‘mitasi Raisi
                     

                                        Sh.Mirziyoyev