O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida farmatsevtika-biotexnologiya yo‘nalishida hamkorlik kengayadi

8

O‘zbekiston Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Koreyaning K-NBIRT (Korea National Biotech Research & Innovation Technology) tashkiloti o‘rtasida hamkorlik va tajriba almashinuvi bo‘yicha memorandum imzolandi.

Hujjat ikki davlat o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish, farmatsevtika va biotexnologiya yo‘nalishlarida innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda malakali kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan.

Memorandum doirasida farmatsevtika va biotexnologiya bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar almashinuvi, O‘zbekiston va Koreya mutaxassislari uchun o‘quv dasturlari hamda amaliy treninglar tashkil etish, qo‘shma ilmiy loyihalar, texnologiya transferi va innovatsion ishlanmalarni joriy etish, laboratoriya infratuzilmasini rivojlantirish va ilg‘or tajribalarni tatbiq etish yo‘nalishlarida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur memorandum ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlashi, kadrlar salohiyatini oshirishi va farmatsevtika-biotexnologiya sohalarining innovatsion rivojiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Hamroz Bayanov,

O‘zA