Dashtobod shaharchasi va Xovos tumani o‘rtasidagi temir yo‘l ustidan ham yangi ko‘prik qurilishi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Viloyat markaziga kirish va chiqishdagi temir yo‘l kesishmalarida yuzaga keladigan tirbandliklar ko‘p yillardan buyon odamlarni qiynab kelayotgan edi.
Aholining talab va istaklarini inobatga olib, shahar ichidagi tirbandlikni bartaraf etish uchun 10 kilometrli aylanma yo‘l quriladi.
Shuningdek, Dashtobod shaharchasi va Xovos tumani o‘rtasidagi temir yo‘l ustidan ham yangi ko‘prik qurilishi boshlandi.
Shu kunga qadar 200 mingdan ortiq aholisi bor Jizzax shahrida shahar shifoxonasi bo‘lmagan. Bugun Jizzax shahri Oqqo‘rg‘on mahallasida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi uchun qurilgan yangi bino bilan tanishildi. Endi viloyat shifoxonasining eski binosi o‘rnida shahar markaziy shifoxonasi va poliklinikasi tashkil etiladi.
Mazkur ob’ektni keyingi yil investitsiya dasturiga kiritib, ta’mirlash va jihozlash uchun 20 milliard so‘m ajratish topshirildi.
O‘zA