Jizzax viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo‘lida hali ko‘p ishlar qilishimiz zarur – Prezident

32

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Paxtachilikka moslashgan viloyatning qishloq xo‘jaligi ham tubdan diversifikatsiya qilindi.

Baxmal, G‘allaorol, Zomin, Yangiobod, Forish tumanlari bog‘dorchilikka ixtisoslashib, 28 ming gektar yangi bog‘ va tokzorlar barpo etildi.

Mirzacho‘l, Do‘stlik, Zafarobod, Zarbdor, Paxtakor, Arnasoyning cho‘l hududlaridagi 12 ming gektar yerlarda ham bog‘ va sabzavot plantatsiyalari tashkil etildi.

Viloyatda 110 million dollar hisobiga 390 ming tonna meva-sabzavotni quritish, saqlash, qadoqlash, qayta ishlash quvvatlari yaratildi.

Umuman, so‘nggi sakkiz yilda Jizzaxda sanoat 2,5 trilliondan 25 trillion so‘mga, xizmatlar 2,5 trilliondan 20 trillionga, qishloq xo‘jaligi 9 trilliondan 30 trillion so‘mga oshgani ta’kidlandi.

–Albatta, bu – katta islohotlarimizning boshlanishi. Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo‘lida hali ko‘p ishlarni qilishimiz zarur, – dedi Prezidentimiz.

O‘zA