Jizzax viloyati respublikadagi sanoati eng tez o‘sayotgan hududga aylandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boshlandi.
–Biz oldimizga yuksak marralarni qo‘yib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida astoydil mehnat qilyapmiz, yangiliklar yaratyapmiz va natijalarga erishyapmiz.
Viloyatni qanday og‘ir sharoitlardan olib chiqqanimizni, Jizzaxning har bir tumanida bo‘layotgan katta-katta o‘zgarishlarni, odamlarning xursandchiligini ko‘rib, juda quvonaman va faxrlanaman, – dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.
O‘tgan davrda Jizzax viloyati respublikadagi sanoati eng tez o‘sayotgan hududga aylandi. Sakkiz yilda 6,5 milliard dollarlik investitsiya loyihalari ishga tushgan bo‘lsa, shuning 45 foizi sanoat hissasiga to‘g‘ri keladi.
Masalan, Sharof Rashidov, G‘allaorol, Forish, Zomin tumanlari va Jizzax shahrida 2,3 milliard dollarlik 560 ta loyiha ishga tushdi. Bugungi kunda ushbu tumanlar viloyat sanoatining 70 foizini ta’minlamoqda.
O‘zA