Turizm salohiyati yuqori 150 ta mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun 3-5 milliard so‘mdan beriladi

26

Qayd etilganidek, Prezidentimiz kelgusi yil uchun vazifalarni belgilab berdi.

Ikkinchi yo‘nalish – servis loyihalarini ko‘paytirib, aholi bandligini ta’minlash.

Mamlakatimizda eng yuqori o‘sish sur’atini ta’minlayotgan soha xizmatlar sohasi ekani ta’kidlandi.

Lekin viloyat, tuman hokimlari xizmatlar sohasiga katta sur’at berayotgan turizmni rivojlantirish orqali ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadini ko‘paytirish imkoniyatlarini to‘liq ishga solmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Turizm salohiyati yuqori 150 ta mahallaning infratuzilmasi yaxshilansa, xizmatlar hajmini 10 trillion so‘mga yetkazish, 45 ming nafar odamni savdo va servisda band qilish mumkin.

Shu bois, kelasi yilda 150 ta mahallaning har biriga infratuzilma uchun 3-5 milliard so‘mdan beriladi.

Viloyat, tuman hokimlari, Turizm qo‘mitasiga yil yakunigacha barcha mahallalar uchun master reja qilish, yer auksionlari va loyihalarni tadbirkorlarga e’lon qilib, qurilish ishlarini boshlash topshirildi.

Tuman banklari bu joylarda mehmon uylari barpo etish uchun 150 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratishni yo‘lga qo‘yadi.

O‘zA