Ozarbayjon Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvi formatining to‘la huquqli a’zosi bo‘ladi
38
Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida nutq so‘zlar ekan, Ozarbayjon Respublikasini Maslahat uchrashuvlari formatiga to‘la huquqli a’zo sifatida qabul qilish to‘g‘risida ishtirokchi mamlakatlar yetakchilari tomonidan prinsipial qaror qabul qilinayotganini e’lon qildi.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, ushbu strategik qadam umumiy tarix, qardoshlik rishtalari, ma’naviy va madaniy yaqinlik bilan uzviy bog‘langan xalqlarimiz manfaatlariga to‘liq javob beradi.
O‘zA