“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportiga Tojikistonning birinchi raqamli borti qo‘ndi
53
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida qatnashish uchun Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon ham amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Xabaringiz bor, 15-16 noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Maslahat uchrashuvi yakunlariga ko‘ra ko‘p tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.
B.XUDOYBERDIEV, R.Nazarmatov (surat), O‘zA