Tojikiston Prezidenti MDH parlamentlari rahbarlarini qabul qildi

24

Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Parlamentlararo assambleyasining 59-yalpi majlisi doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon parlamentlar rahbarlari bilan uchrashdi.

Unda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva ham ishtirok etdi.

Suhbat chog‘ida MDH doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, davlatlar o‘rtasidagi parlamentlararo muloqotni kuchaytirish hamda mintaqaviy barqarorlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir ishtirokchilari Prezident Emomali Rahmonning Dushanbedagi “Qasri Millat” davlat saroyida bo‘lib, ushbu maskanning tarixiy va me’moriy ahamiyati bilan yaqindan tanishdi.

N.Abduraimova, O‘zA