“Umra”ni litsenziyasiz tashkil etgan firma jarimaga tortildi

57

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan yurtimizda “Umra” tadbirlarini tashkil etish sohasidagi faoliyat qonuniyligi bo‘yicha muntazam monitoring va tekshiruvlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu ishlar fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, diniy turizm sohasida tartib-intizomni ta’minlashga qaratilgan.

Shu doirada o‘tkazilgan navbatdagi tekshiruv natijasida Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan “HAMKOR ATMOSPHERIC TRAVEL” MCHJning tegishli litsenziyasiz “Umra” tadbirini tashkil etgani aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiq kompaniyaga ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati uchun litsenziya olish talabini buzgan yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari — 82,4 million so‘m miqdorida jarima belgilangan.

Hamroz Bayanov, O‘zA