Statistika: yurtimizda turistik agentliklar 8 oyda 2,2 trillion so‘mlik xizmat ko‘rsatgan

158

Ma’lumki, turistik tashkilotlar mamlakatda iqtisodiy rivojlanishning yana bir muhim omili hisoblanadi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-avgust oylarida turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlar hajmi 2,2 trillion so‘mni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 44 foizga oshgan.

Shuningdek, turistik agentliklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha TOP-5 hududlar e’lon qilindi. Bunda Toshkent shahri, Samarqand, Xorazm, Toshkent va Buxoro viloyatlari ko‘rsatilgan. Mazkur hududlar hajmi ushbu xizmatlarning umumiy hajmida 97,1 foiz ulushni tashkil qilgan.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA