Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasi minbaridan beshinchi bor nutq so‘zlaydi

87

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Nyu Yorkda BMT Bosh assambleyasi 80-sessiyasida ishtirok etadi.

“Birgalikda yaxshiroq: tinchlik, taraqqiyot va inson huquqlari uchun 80 yil va yanada ko‘proq” shiori ostida o‘tadiган yubiley anjumani doirasida jahon yetakchilari global muammolar sharoitida muayyan pozitsiya va ustuvor yo‘nalishlar aks etgan bayonotlar bilan chiqish qiladi.

An’anaviy umumiy munozara 23-27 va 29 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning chiqishi 23 sentyabrga belgilangan. O‘zbekiston yetakchisi BMT Bosh assambleyasi sessiyalarida muntazam ravishda nutq so‘zlaydi. Prezidentimizning 72-, 75-, 76- va 78-sessiyalardagi nutqlari mintaqaviy xavfsizlik, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, inson huquqlarini himoya qilish va sivilizatsiyalararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan muhim siyosiy bayonotlarga aylangan.

2018-2025 yillar oralig‘ida mamlakatimiz Bosh Assambleyaning 13 ta rezolyutsiyasi tashabbuskori sifatida maydonga chiqdi:

– Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash (2018 yil);

– Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiya hududi, deb e’lon qilish (2021);

– Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlar rolini kuchaytirish  (2022);

– O‘rmonlarni o‘stirish va qayta tiklash bo‘yicha harakatlar o‘n yilligi (2025).

O‘zA