O‘zbekiston dunyo uchun ibrat bo‘ladigan yetakchilikni namoyon etmoqda

75

Namangan shahrida 17 sentabr kuni “Kambag‘allikdan farovonlik sari” III xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda 30 dan ortiq nufuzli tashkilot va 200 ga yaqin xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Pokistonning «Jamia Darul Uloom Karachi» madrasasi vitse-prezidenti Muhammad Zubair Usmoni forum doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga baho berdi:

– Namanganda bo‘lib o‘tgan konferensiyaning asosiy maqsadi – yurtda kambag‘allikni qisqartirish bo‘lib, bu nihoyatda dolzarbdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur konferensiyadagi nutqida odamlarga yaxshi yashash uchun qulay sharoit, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilab berildi. Shuningdek, ta’lim va kasb-hunar tizimini rivojlantirish va bu borada xalqaro hamkorlikni kengaytilish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston nafaqat mamlakat miqyosida kambag‘allikni kamaytirish yo‘lida qat’iy choralar ko‘rmoqda, balki bu borada butun dunyo uchun ibrat bo‘ladigan yetakchilikni ham namoyon etmoqda.

Men ushbu sa’y-harakatlarni yuksak qadrlayman va barcha davlatlarni O‘zbekiston tajribasini qo‘llab-quvvatlashga, hamkorlikni kuchaytirishga chaqiraman.

O‘zA muxbiri Marhabo Hojiakbarova yozib oldi.