Qulay ishbilarmonlik muhiti hisobiga o‘tgan sakkiz yilda 700 ming tadbirkor o‘zining barqaror biznesiga ega bo‘ldi

62

Hozirda mamlakatimizda yettita ustuvor yo‘nalishni o‘z ichiga olgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshirilmoqda.

Eng avvalo, kambag‘al aholini shunchaki ishga joylashtirish emas, balki doimiy ish o‘rinlarini ko‘paytirib, odamlar barqaror daromad manbasiga ega bo‘lishi uchun sharoit yaratilmoqda.

Qulay ishbilarmonlik muhiti hisobiga o‘tgan sakkiz yilda 700 ming tadbirkor o‘zining barqaror biznesiga ega bo‘ldi.

–E’tiborlisi, davlat biznesga sharoit yaratib beryapti, tadbirkorlar esa o‘ziga ijtimoiy mas’uliyat olib, ehtiyojmand aholini ishli va daromadli qilishda ko‘makchi bo‘lmoqda. Mana shunday samarali hamkorlik tufayli shu yilning o‘zida 270 mingdan ziyod kambag‘al oila a’zosi doimiy ishli bo‘ldi, – dedi Prezident.

Mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va nufuzli moliya institutlari bilan faol ishlanmoqda. Bu borada Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikdagi qishloqlarda yashash sharoitini yaxshilash, yo‘l qurilishi, tibbiyot va ta’lim xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha 5 milliard dollarlik loyihalar alohida ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

O‘zA