Ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatida bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga ham imtiyozlar beriladi
55

Bir yilda 2 mingta ko‘p qavatli uy qurilmoqda, ularning to‘rtdan biri – “Yangi O‘zbekiston” massivlarida.
Bunday massivlarda uylarning birinchi qavatida 100 o‘rinli xususiy bog‘cha ochish bo‘yicha Bektemir va Yangihayot tumanlarida tajriba bor.
Buni barcha tuman va shahar hokimlari o‘z hududida qilishi kerakligi ta’kidlandi.
Endilikda ochiq muloqotda 80 ta tuman uchun aytilgan imtiyozlar yangi ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatida bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga ham berilishi belgilandi.
Mutasaddilarga yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda bog‘cha tashkil qilish tartibini ishlab chiqish topshirildi.
O‘zA