O‘zbekiston va Koreya: Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik kuchaytiriladi

84

Senatda Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiya raisi  Anvar To‘ychiyev Koreya Respublikasining Miryang shahri Mahalliy vakillik organi raisi Xo Xong boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlandi. Mamlakatlar rahbarlarining siyosiy irodasi davlatlararo munosabatlarning yanada rivojlanishi va mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

Ikki mamlakatning barcha yo‘nalishlardagi hamkorligi, xususan, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi iqtisodiy va investitsiya loyihalarini kengaytirish hamda hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Parlamentlararo muloqotni mustahkamlash, do‘stlik guruhlari ishini faollashtirish va keng ko‘lamdagi qo‘shma tadbirlarni tashkil etish masalalari ham muhokama etildi.

“Elektron parlament” tizimini joriy etish, “aqlli qishloq xo‘jaligi” loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, ekologiya va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.

N.Abduraimova,

O‘zA