Qaytadan ishga tiklanishdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus va Chimboy tumanlararo sudlarining qarorlariga binoan, asossiz ravishda ishdan bo‘shatilgan ikki nafar tibbiyot xodimini respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialidagi avvalgi ish o‘rinlariga qayta ishga tiklash belgilangan edi.
– Shunga qaramasdan, javobgar tashkilot tomonidan ushbu sud qarorlari ijrosi ta’minlanmaganligi sababli da’vogarlar uning ijrosini ta’minlab berishni so‘rab, murojaat qilishga majbur bo‘lgan, – deydi Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limining davlat ijrochisi Dametken Seytmuratova. – Byuroning Nukus shahar bo‘limi xodimlari tomonidan darhol ijro harakatlariga kirishilib, javobgar tashkilot rahbariga sud qarori ijrosini ta’minlamaslik qonunda belgilangan javobgarlikga asos bo‘lishi haqida ogohlantirish berilgan.
Natijada asossiz ravishda bo‘shatilgan ikki nafar xodim o‘zlarining avvalgi ish o‘rinlariga qayta tiklanishdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri