Aholi ogohlikka chaqirildi

183

Mamlakatimizda barcha sohalarda, shu jumladan moliya-iqtisod sohasida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilib, zamonaviy axborot texnologiyalari izchillik bilan joriy qilinmoqda.

Joriy yilning o‘tgan 7 oyi moboynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida fuqarolarning bank plastik kartalaridan pul mablag‘larini turli noqonuniy yo‘llar bilan yechib olish bilan bog‘liq 34 ta o‘g‘irlik va firibgarlik jinoyati sodir etilgan.

Eng achinarlisi, ko‘pgina hollarda ushbu jinoyatlarning sodir etilishiga jabrlanuvchilarning o‘zlari bevosita sababchi bo‘lib qolmoqda. Ya’ni jinoyatchilarning aldoviga uchib, o‘zlari bilmagan holda pul mablag‘larini ularning qo‘llariga topshirib qo‘yishmoqda.

Kegeyli tuman prokurori I.Abdullayevning “Eshon qal’a” ovul fuqarolar yig‘ini aholisi bilan bo‘lgan suhbati aynan shu mavzuda bo‘ldi. Unda asosan aldanib qolmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Suhbat yakunida esa ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri