Germaniya yetakchisi Putin va Zelenskiy uchrashuviga munosabat bildirdi

Germaniya Kansleri Fridrix Mers Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy yaqin orada uchrashmasa, “to‘p yana yevropaliklar va amerikaliklarda qolishi” va Rossiya Federatsiyasiga nisbatan sanksiya kuchaytirilishini ta’kidladi. Bu fikr Kanada Bosh vaziri Mark Karni ishtirokidagi qo‘shma matbuot anjumanida yangragan. Mazkur tadbir translyatsiyasi Germaniya hukumati sahifasida namoyish qilingan.
– Birgalikda ikki hafta ichida Zelenskiy va Putin uchrashishiga umid bildirdik. Ushbu uchrashuv, kelishib olinganidek, tezroq o‘tkazilmasa, to‘p yana bizda qoladi yevropaliklar va amerikaliklarni nazarda tutyapman. Keyin bu borada yana maslahatlashamiz. Agar Rossiya tomoni muloqot joyiga bormasa, yanada ko‘proq bosim talab etiladi. Yevropa Ittifoqi keyingi sanksiya rejasini tuzyapti. Amerika Prezidenti ham qo‘shimcha jazo boji joriy etilishini istisno qilmadi. Yevropa va Qo‘shma Shtatlar Ukraina bilan birga ehtimoliy xavfsizlik kafolatini ishlab chiqmoqda. Birinchi maqsad – Ukraina armiyasining uzoq muddat mamlakatni himoya qila olishini ta’minlash.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Tramp Oq uyda Zelenskiy va Yevropa Ittifoqi yetakchilarini qabul qildi. Avvalroq u Putin va Zelenskiy bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish imkoniyati mazkur muzokara muvaffaqiyatiga bog‘liqligini istisno etmagandi.
S.Rahimov, O‘zA