Tramp: Rossiya yadro qurolini qisqartirishga tayyor

153

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya yadro quroli zaxirasini qisqartirishga tayyorligini ta’kidladi.

– Denuklearizatsiya – jiddiy masala bo‘lsa-da, Rossiya bunga tayyor, – degan Amerika yetakchisi Oq uyda. – Menimcha, Xitoy ham shunday yo‘l tutadi.

Tramp avvalroq Vashington va Moskva ushbu masalani muhokama qilayotgani, Pekinni ham jarayonga jalb qilish rejasi mavjudligini bildirgan edi.

S.Rahimov, O‘zA