Ilg‘or ekologik monitoring tizimi yo‘lga qo‘yildi
Satreps “Blue Project” xalqaro loyihasi doirasida Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazida zamonaviy ekologik kuzatuv tizimi joriy etildi.
Mazkur tizim Yaponiyaning Kioto universiteti olimlari va Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi mutaxassislarining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan o‘rnatildi. Eddy Covariance kuzatuv tizimi yer yuzasi va atmosfera o‘rtasidagi gazlar (CO2 va H2O), suv bug‘lari, issiqlik va impuls almashinuvini bevosita o‘lchash uchun ishlatiladi.
Ushbu sensorlar real vaqt rejimida ekotizimlar qanday ishlashini tushunishga yordam beradigan yuqori chastotali ma’lumotlarni to‘playdi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlari yuzasidan gaz chiqindilari va mikroaralashmalar miqdorini aniqlaydi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri