Qarzdor jamiyat binodan majburiy chiqarildi

93

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining 2025 yil 5 martdagi qaroriga asosan, “Aloqabank” aksiyadorlik-tijorat bankiga tegishli bo‘lgan, Ellikqal’a tumanida joylashgan binoda faoliyat yuritayotgan “MED BOSTON” mas’uliyati cheklangan jamiyatini majburiy chiqarish belgilangan.

Ushbu sud qarori asosida Majburiy ijro byurosi Ellikqal’a tuman bo‘limining davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishildi. Xususan, javobgarga ijro hujjati talabini bajarishi lozimligi to‘g‘risida bir necha marotaba ogohlantirishlar berilgan bo‘lsada, u ijro hujjati talabini ixtiyoriy ravishda bajarmagan. Shu sababli javobgar tashkilot vakillari bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan Milliy gvardiya va tuman Ichki ishlari bo‘limi xodimlari yordamida binodan majburiy chiqarilgan.

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, javobgar tashkilot ilgari mazkur binoga egalik qilgan bo‘lib, bank oldidagi kredit majburiyatini bajarmaganligi oqibatida undan ayrilib qolgan.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri