Ajoyib Xitoy, go‘zal Shinjon

FOTOREPORTAJ
Toshkent fotosuratlar uyida “Ajoyib Xitoy, go‘zal Shinjon” tasviriy san’at va fotosuratlar ko‘rgazmasi ochildi.
Xitoy va Shinjon adabiy va san’at to‘garaklari federatsiyalari, Xitoyning mamlakatimizdagi elchixonasi, Shinjon rassomlar, Shinjon fotograflar uyushmalari hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Toshkent fotosuratlar uyi hamkorligida tashkil etilgan ko‘rgazma Xitoy badiiy san’atini o‘zbek xalqiga namoyish etish maqsadiga qaratilgan.
Ochilish marosimida so‘z olganlar mazkur ko‘rgazma ikki mamlakat san’at ustalarining sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotini rivojlantirish va xalqlar o‘rtasidagi rishtalarni mustahkamlash, qalblarni bog‘laydigan madaniy ko‘prik barpo etish, o‘zaro do‘stlik rishtalarini chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Ma’lumki, joriy yilda Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom mintaqasi tashkil topganiga 70 yil to‘ladi. Sana oldidan tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmada namoyish etilayotgan asarlarda Shinjonning tabiiy manzaralari, etnik urf-odatlari, taraqqiyoti, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga oid chizgilar aks etgan.
Ko‘rgazma 30 avgustga qadar davom etadi.
Kamola Yusupova, Oybek Pardayev (surat), O‘zA