Dzyudochi yoshlarimiz “Amman Cadet Asian Cup 2025”da 4 ta medalli bo‘ldi
132
13 ta davlatning mahoratli dzyudchi yoshlari ishtirok etgan musobaqalarda terma jamoamizning 3 nafar a’zosi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Terma jamoamiz a’zosi Inoyat Telmanov o‘smirlar o‘rtasida -73 kilogramm vaznda g‘oliblikni tantana qildi.
Yosh dzyudchimiz Azizbek Himmatov -66 kilogrammda bronza medali yo‘lidagi o‘tish bellashuvlarida iordaniyalik Adam Altalafa va saudiyalik Saud Alzahrani taslim etdi. Bronza medali uchun kechgan bahsda IJF bayrog‘i ostida turnirda ishtirok etgan rossiyalik Bilal Ezxayevni yengib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mahoratli sportchimiz Kamron Abdurazzoqov -73 kilogramm og‘irlikda yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda ham muvaffaqiyatli qatnashib, 2 ta bronza medaliga musharraf bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA