O‘zbek jang san’ati bo‘yicha mamlakat kubogi sohiblari aniqlandi
120

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida O‘zbek jang san’ati bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi tashkil etildi.
Mamlakat kubogi bahslarida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardan 900 nafarga yaqin ishtirokchilar “Kompleks mashq”, “Temuriylar jang usuli”, “Jamoaviy ko‘rgazmali chiqish” va “Assalom tong” yo‘nalishlari bo‘yicha kuch sinashdi. Bellashuvlar yakuniga ko‘ra, yoshlar o‘rtasida Andijon viloyati, o‘smirlar yosh toifasida Toshkent viloyati, kattalar orasida esa Toshkent shahri jamoasi umumjamoa hisobida birinchi pog‘onadan joy oldi va O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi.


Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA