O‘zbekiston kubogi uchun bahslar boshlandi

104

FOTOREPORTAJ

Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport majmuasida o‘zbek jang san’ati bo‘yicha mamlakat kubogi bahslari boshlandi.

Kubok bellashuvlarida barcha viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent shahridan ming nafardan oshiq sportchi ishtirok etmoqda.

Qiziqarli chiqishlar oldidan musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda sport fidoyilari, ustoz va murabbiylar, shuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar. Ochilish marosimi davomida bir guruh sport jonkuyarlariga O‘zbek jang san’ati federatsiyasining esdalik sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng, o‘zbek jang san’ati ustalarining  ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Bugunning o‘zidayoq sportchilar «Kompleks mashq», «Temuriylar jang usuli», «Assalom, tong» kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro bahslarga kirishdi.

O‘zbekiston kubogi bahslari 24 avgustga qadar davom etadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA