Artur Guliyev ikki karra jahon chempioniga aylandi
93

Italiyaning Milan shahrida o‘tayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga oltin medal qo‘shildi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, chempionatning C1 yo‘nalishidagi 200 metr masofaga kechgan bellashuvda Artur Guliyev marraga 38,63 soniyada yetib keldi. Natijada Artur kattalar o‘rtasidagi ikki karra jahon chempioniga aylandi.
Ma’lumot o‘rnida, Artur Guliyev 2023 yili Germaniyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ushbu yo‘nalishda 38,729 natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan holda jahon chempioniga aylangan edi.
Arturdan avval o‘zbekistonlik kanoechilardan Vadim Menkov 2010 yilgi dunyo birinchiligida shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA