Rossiya rubli bilan ishlagan Qirg‘iziston banklari sanksiyaga uchradi

89

Rossiya rublida amaliyot o‘tkazishga ruxsat olgan Qirg‘iziston banklari G‘arb davlatlari sanksiyaviy bosimiga uchradi. Bu haqda Prezident Sadir Japarov “Kabar” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, xatarni imkon darajasida kamaytirish uchun rasmiylar bir muassasa – davlatga tegishli “Keremet” banki misolida rubl orqali hisob-kitobni markazlashtirishga qaror qildi.

– Mamlakatda 21 bank faoliyat yuritmoqda, – dedi Japarov. – Xususiy banklar sanksiya ta’siriga tushib qolishining oldini olish uchun Rossiya rubli bilan faqat davlatga qarashli “Keremet” banki ishlaydi, degan qarorga keldik. Har qanday amaliyot davlat nazorati ostida amalga oshirilib, foyda byudjetga tushadi.

S.Rahimov, O‘zA