Nigina Sobirova jahon chempionati shohsupasidan joy oldi
98
Bolgariyaning Samokov shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Unda ayollar kurashi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi.
Unda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Nigina Sobirova vazni 62 kilogrammgacha bo‘lgan kurashchilar bahsida turkiyalik Busra Efeni 8:0 hisobida yengib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ushbu vazndagi oltin medal xitoylik Yang Jenga nasib etgan bo‘lsa, ozarbayjonlik Ruzanna Mamadova kumush medal bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, -92 kg. vazn toifasida hamyurtimiz Sherzod Poyonov musobaqaning final bellashuvida qozog‘istonlik Kamil Kurugliyevni yengib, oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA