Sambochimiz Moskva turnirida sovrindor bo‘ldi

105

Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida sambo bo‘yicha o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi xalqaro turnirda o‘zbekistonlik sportchi sovrindorlikka erishdi.

6 ta mamlakatning 200 nafarga yaqin yosh sambochilari ishtirok etgan turnirda mamlakatimizning 6 nafar yosh sambochisi yurtimiz sharafini himoya qildi.

-58 kilogramm vazn toifasida Amirbek Rajabov saralash bellashuvlarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bronza medali uchun kechgan kurashda rossiyalik sambochini dog‘da qoldirib, shohsupaning 3-pog‘onasidan joy egalladi.

Terma jamoamiz a’zosining bronza medaliga ega chiqishi, shuningdek 5 nafar sambochi yoshlarimizning ilk saralash bahslarida muvaffaqiyatga erishishi tufayli O‘zbekiston sambo jamoasi umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA