“Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili tadbirkorga qanday qulaylik yaratadi?
110
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.
Prezidentimiz yana bir muhim yangilikni e’lon qildi – 2026 yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi.
Bunda, tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonining o‘zida:
– elektron raqamli imzo beriladi;
– bankda hisobraqam ochiladi;
– xohishiga ko‘ra ijara shartnomasi rasmiylashtiriladi;
– kassa apparati soliq organida ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
– shu yo‘nalishga mas’ul davlat organlariga xabarnoma jo‘natiladi.
Natijada bu jarayonlar uchun talab etiladigan muddat hozirgi 1 haftadan 15 daqiqaga qisqaradi.
O‘zA