YeI Rossiyaning muzlatilgan 1,6 milliard yevro daromadini Kiyevga o‘tkazdi
Yevropa Komissiyasi xabar berishicha, YeI Rossiyaning muzlatilgan suveren aktivlaridan olingan daromadning ma’lum bir qismini Kiyevga o‘tkazib berdi.
– Rossiya Markaziy bankining immobilizatsiyalangan aktivlaridan olingan 1,6 milliard yevrolik uchinchi transh Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, — deyilgan bayonotda.
Yevropa komissiyasi avvalroq 2024 yil iyul va 2025 yil aprel oylarida RF aktividan olingan daromadni Ukrainaga o‘tkazganini eslatdi.
Iyulda Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas avgust oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan YeI tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida Rossiya hisobidan Ukraina ehtiyoji uchun foydalanish masalasini muhokama qilishga va’da bergan, biroq ittifoq mamlakatlari bu borada yagona yondashuvga ega emasligini ham tan olgan.
Rossiya TIV Yevropadagi Rossiya aktivlari muzlatilishini o‘g‘irlik, deb hisoblaydi va YeI nafaqat xususiy mablag‘lar, balki RF davlat aktivlarini ham nishonga olganini ta’kidlab keladi. Masalan, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva aktivlari G‘arb tomonidan musodara qilinishiga javob berishini aytgan.
S.Rahimov, O‘zA