AQSH Balujiston ozodlik armiyasini terror tashkilotlari ro‘yxatiga qo‘shdi
AQSH davlat kotibi Marko Rubio Oq uy tomonidan Pokistonning “Balujiston ozodlik armiyasi” (BLA) jangari guruhini “xorijiy terror tashkiloti” sifatida maxsus ro‘yxatga kiritilgani e’lon qilindi.
– Bugun AQSH Davlat departamenti “Balujiston ozodlik armiyasi” va tuzilmaning “Majid brigadasi” nomli bo‘linmasini xorijiy terror tashkiloti (FTO) etib belgiladi, degan Rubio. – “Majid brigadasi”ni BLA tomonidan avvalroq maxsus tayinlangan Global terrorchi (SDGT) atamasiga muqobil nom sifatida qo‘shdi. Bayonotda bunga “BLA 2019 yildagi bir necha terror hujumiga aloqador”ligi sabab qilib ko‘rsatilgan. Mazkur guruh 2024 yil Karachi aeroporti va Gvadar port ma’muriyati majmuasi yaqinida sodir etilgan xudkush portlashlar, shuningdek joriy yil 31 kishini hayotdan olib ketgan “Ja’far Ekspress” poyezdini garovga olish amaliyoti bo‘yicha javobgarlikni zimmasiga olgan edi. Huquqiy jihatdan FTO maqomi SDGT atamasiga qaraganda keskinroq oqibatga olib keladi.
Balujiston ozodlik armiyasi xuddi shu nomdagi janubi-g‘arbiy viloyat mustaqilligiga erishish maqsadida Pokiston hukumatiga qarshi qurolli qarshilik ko‘rsatayotgan etno-millatchi jangari guruhligi aytiladi.
S.Rahimov, O‘zA