Qaror ijrosi o‘rganildi

86

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori Sh. Aminov Qonliko‘l tumanida bo‘lib, Prezidentning 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori hamda joriy yilning 5 mart kuni o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengash yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosining bajarilishi bilan tanishdi.

Hususan, tumandagi krimnogen holatidan kelib chiqib,, “qizil” toifaga kirgan, “Navro‘z” mahallasida qaror bo‘yicha tasdiqlangan, “Yo‘l xarita”da belgilangan vazifalar ijrosi, olib borilayotgan profilaktik tadbirlar va sohaga oid faoliyat yuzasidan mahalla yettiligining hisobotlari tinglandi. Profilaktika va probatsiya hisobida turgan hamda ishsiz shaxslarning jinoyatchiligini oldini olish borasida mahalla yettiligining hamkorlikdagi vazifalari belgilab berildi. Shuningdek, mahallada barpo etilayotgan ijtimoiy soha ob’ektlari qurilish ishlari bilan tanishilib, bu ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, energiya tejamkor qurilish materiallaridan foydalanish, ob’ektda ishlarni jamoatchilik nazorati ostida amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

So‘ngra, tuman prokuraturasida tashkil etilgan shtab faoliyati o‘rganildi. Bu yerda xodimlarga yaratilgan ish sharoiti, ularning kasbiy ko‘nikma va bilimlari bilan tanishildi. Idorada ishchanlik muhitini yaratish, hodimlarning bilim saviyasini oshirish borasida vazifalar belgilandi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri