Osiyo chempionati: Bokschilarimizga teng keladigani topilmadi
147

Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo chempionatining U22 yosh toifasidagi final bahslari o‘z yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 8 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Musobaqa davomida Gulsevar G‘aniyeva, Xumorabonu Mamajonova, Samandar Olimov, Sayat Ilyasov, Muhammadazizbek Ismoilov, Shavkatjon Boltayev, Abdulaziz Abdurahmonov, Halimjon Mamasoliyev o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini taslim etgan holda Osiyo chempioniga aylandi.

Shuningdek, terma jamoamiz tarkibidan joy olgan Robiyaxon Baxtiyorova, Oysha Toirova, Uzukjamol Yunusova, Shohrux Abdumalikov, Rahmatullo Boymatov va Shahzod Polvonov kumush, Behruz Xoldorov, Odinaxon Ismoilova, Mohira Ahmedova hamda Diyoraxon Abdumannopova bronza medali bilan taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA